Mediafy.
YangiEndi kreativlarning videosini Mediafy'dan chiqmay ko'rasiz

Agentligingiz kaftdagidek ko'rinadi

Xodimlarga muddat va ball qo'yib topshiriq berasiz, kerak bo'lsa sababini ko'rsatib jarima yozasiz. Mijozlar reklamasi va lidlar ham shu yerda. Har bir lid necha pulga tushayotganini bilib turasiz.

14 kun bepul · o'zimiz ulab, sozlab beramiz

Mediafy kabineti: reklama loyihasi bo'yicha xarajat, lidlar va lid narxi
Xodimning telefondagi kabineti: topshiriqlari va ballari
TANISHMI?

Bu topshiriq egasiz qoldi

To'rt kishi beshta xabar yozdi, reels esa baribir vaqtida tayyor bo'lmadi. Mediafy'da topshiriq birinchi daqiqadanoq aniq bir odamning zimmasida bo'ladi.

Sayqal Media · ish chati8 a'zo
  1. Otabek

    Dentoraga reelsni kim qilyapti? Mijoz so'rayapti

    10:02
  2. Madina
    Otabek
    Dentoraga reelsni kim qilyapti? Mijoz so'rayapti

    Sardor deb o'ylagandim

    10:15
  3. Sardor

    Men Yashil Vodiyni montaj qilyapman, menga hech kim aytmadi 🙃

    11:40
  4. Otabek

    Jamoa, dedlayn bugun edi-ku…

    16:55
  5. Dilnoza

    Isxodniklarni tashlasangiz, ertaga qilib beraman

    17:03
Xuddi shu topshiriq Mediafy'da
Mediafy.Jarayonda

Dentora: 3 ta reels montaji

Sardor Aliyev
2 okt8 ball
drive.google.com/…/dentora
  1. Yangi
  2. Jarayonda
  3. Tekshiruvda
  4. Bajarildi

Reelsni 2-oktabrgacha Sardor qiladi va buning uchun 8 ball oladi. Mijoz yana so'rasa, Otabek kartochkaga qarab darrov javob beradi.

IMKONIYATLAR

Mediafy'da nimalar qila olasiz

Agentliklarda bu ishlar odatda besh xil joyda yuradi: chatda, jadvalda, reklama kabinetida, CRM'da va rahbarning daftarida.

Bosqichli topshiriqlar

Topshiriq to'rt bosqichdan o'tadi: yangi, jarayonda, tekshiruvda va bajarildi. Muddati o'tganlari o'zi qizarib turadi.

Ballar va jarimalar

Topshiriq yopilganda xodimga ball tushadi. Muddatni buzsa, jarima oladi va uning sababi ham yozib qo'yiladi. Bonusni shu raqamlarga qarab hal qilasiz.

Telefondagi kabinet

Xodim telefonidan kiradi va faqat o'z topshiriqlari hamda ballarini ko'radi. Kabinet oddiy brauzerda ochiladi.

Mijozlar reklamasi

Xarajat va lidlar har bir mijoz bo'yicha alohida hisoblanadi. Lid narxi siz qo'ygan maqsaddan oshib ketsa, buni darrov ko'rasiz.

Videoli kreativlar

Rolikni shu yerning o'zida ko'rib, u nechta lid keltirganini va har biri qanchaga tushganini bilasiz.

Kommo'dan lidlar

Lid qaysi reklamadan kelgani va Kommo'da uchrashuvgacha yetgan-yetmagani bir qatorda ko'rinadi.

Mijozga PDF-hisobot

Istalgan davr raqamlarini bitta PDF qilib yuklab olasiz va mijozga Telegram'da jo'natasiz.

Rollar va ruxsatlar

Rollar to'rtta: egasi, admin, menejer va xodim. Kim nimani ko'rishi roliga bog'liq.

Uch til

Har bir xodim tilni o'zi tanlaydi: o'zbekcha, ruscha yoki inglizcha.

EKRANLAR

Kabinetning ichiga bir qarang

Skrinshotlar ishlab turgan Mediafy'dan olingan. Ulardagi Sayqal Media agentligini namuna uchun ochib, ma'lumotlarini o'zimiz kiritganmiz.

Agentlik topshiriqlari ro'yxati: mas'ullar, muddatlar va ballar
ULANISHLAR

Siz ishlatib yurgan servislarga ulanadi

Facebook Ads va Kommo CRM'ni hozir ulash mumkin. Instagram va Telegram keyinroq qo'shiladi.

  • Facebook AdsIshlaydi
  • Kommo CRMIshlaydi
  • InstagramTez orada
  • TelegramTez orada
TARIFLAR

Butun agentlik uchun bitta narx

Tarifni jamoangiz kattaligiga qarab tanlaysiz va istalganini 14 kun bepul ishlatib ko'rasiz.

  • Start

    Ishni chatlardan olib chiqmoqchi bo'lgan kichik jamoaga.

    290 000so'm/oy

    Har oy to'lanadi

    5 xodimgacha

    • Bosqichli topshiriqlar va muddatlar
    • Ballar va jarimalar
    • Xodim kabineti telefonda
    • Rollar va ruxsatlar
    • Interfeys uch tilda
  • Agentlik

    Tavsiya qilamiz

    Mijozlar reklamasini yuritadigan agentlik uchun.

    690 000so'm/oy

    Har oy to'lanadi

    15 xodimgacha

    • «Start» tarifidagi hamma narsa
    • Facebook Ads tahlili, 5 loyihagacha
    • Kreativlarning videosi va raqamlari
    • Kommo CRM'dan lidlar
    • Mijozlar uchun PDF-hisobotlar
  • Pro

    Jamoangiz katta bo'lsa yoki bir nechta yo'nalishda ishlasangiz.

    1 490 000so'm/oy

    Har oy to'lanadi

    40 xodimgacha

    • «Agentlik» tarifidagi hamma narsa
    • Loyihalar soni cheklanmagan
    • Reklama kabinetlarini o'zimiz ulab beramiz
    • Telegram'da birinchi navbatda javob beramiz
    • «Moliya» bo'limini boshqalardan oldin olasiz
  1. Telegram'da bizga yozasiz
  2. Agentlikni ochib, jamoangizni qo'shamiz
  3. 14 kun bepul ishlaysiz

Jamoangiz 40 kishidan kattami yoki o'zgacha narsa kerakmi? Yozing, narxni alohida hisoblab beramiz.

TEZ ORADA

Hozir nima ustida ishlayapmiz

Bular hali kabinetda yo'q. Ularni birma-bir qo'shib boramiz.

  1. Ishlab chiqilmoqda

    Moliya

    Har bir mijozdan qancha foyda qolayotganini ko'rasiz. Mijozning reklama byudjeti agentlik pulidan alohida hisoblanadi.

  2. Ishlab chiqilmoqda

    Ball asosida maosh

    Bonus va maosh xodimning ballari hamda jarimalaridan o'zi hisoblanadigan bo'ladi.

  3. Ishlab chiqilmoqda

    Instagram va Telegram

    Mijozning Instagram sahifasi va Telegram kanali statistikasi loyihaning o'zida, reklama raqamlari bilan birga turadi.

  4. Ishlab chiqilmoqda

    Oy yakunlari

    Oy tugagach, agentlik egasi bitta hisobotda jamoa qanday ishlaganini va qaysi mijoz qancha pul keltirganini ko'radi.

AGENTLIKDA YARATILGAN

Mediafy'da har kuni o'zimiz ishlaymiz

Mediafy o'z agentligimiz ichida paydo bo'lgan. Bu sahifada nimaiki ko'rsangiz, hammasini avval jamoamizda sinab chiqdik va boshqa agentliklarga shundan keyingina ochdik.

Mediafy jamoasi
SAVOLLAR

Ko'p so'raladigan savollar

Javob topmadingizmi? Telegram'da bizga yozing.

Tarif uchta, ular shu sahifada, sal yuqorida. Narxi jamoangiz kattaligiga bog'liq, bir yilga birdan to'lasangiz 20% arzonroq tushadi. Istalgan tarifni 14 kun bepul sinab ko'rish mumkin.

Jamoasi va mijozlari bor agentliklarga: SMM, target, prodakshn, dizayn yoki marketing. Xodimlaringiz besh kishimi, qirq kishimi, farqi yo'q.

Tarif tanlaysiz, biz rekvizitlarni yuboramiz va siz so'mda yoki dollarda to'laysiz. Ma'qul kelmasa, shunchaki uzaytirmaysiz.

Faqat o'zining topshiriqlari, ballari va jarimalarini. Butun jamoani esa agentlik egasi, admin va menejer ko'radi.

Yo'q. Har bir yozuv o'z agentligiga bog'langan va server buni har bir so'rovda tekshiradi. Xodimlaringiz va reklama kabinetlaringizni faqat o'zingiz ko'rasiz.

Business Manager orqali. Kommo CRM'ni esa xohlasangiz ulaymiz. Agentlikni qo'shayotganda ikkalasini siz bilan birga sozlaymiz.

Yo'q. Mediafy kompyuterda ham, telefonda ham brauzerda ochiladi.

Telegram'da yozing, agentligingizni qo'shamiz

Jamoangizni ham o'zimiz kiritib beramiz, keyin 14 kun bepul ishlaysiz.